2024-yilning 26-iyul kuni Markaziy Bankda bank va moliyaviy tuzilmalari vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. OZ PLANET kompaniyasining CBDO’si Sergey Kushpelev o‘z chiqishi davomida qanday qilib mahsulot lineykasiga faktoring moliyalashtirishni kiritish yordamida banklarga yangi mijozlar oqimini oshirish haqida so‘zlab berdi va mamlakatdagi birinchi faktoring operatsiyalarini 100 foiz onlayn formatda o‘tkazish bo‘yicha tayyor yechim – OZ PLANET raqamli platformasining imkoniyatlarini taqdim etdi.
Faktoring – bu mijozlarni kichik va o‘rta biznesga jalb qilishning samarali vositasi, chunki aynan shu segmentdagi kompaniyalar birinchi navbatda shartnomalarni muddatidan oldin to‘lashni talab qilishadi. Shu bilan birga bitimning o‘ziga xos tuzilishi tufayli faktoring operatsiyalarida kredit riski pasayadi, operatsiyalarni onlayn formatga o‘tkazish va debitor – yetkazib beruvchi – bank zanjirini avtomatlashtirish esa xarajatlarni va arizalarni ko‘rib chiqish muddatini qisqartirish imkonini beradi.
Shunday bo‘lsa-da murakkab raqamli mahsulotni mustaqil ishlab chiqish anchagina mehnat va moliyaviy resurslar sarfini talab qiladi, uning tatbiq etilishi esa ancha vaqt oladi. OZ PLANET platformasiga ulanib, bank biznes jarayonlari, tayyorlangan hujjatlar, IT-infratuzilmaga va EHA (elektron hujjat almashinuvi) tizimiga kirish orqali faktoring moliyalashtirishni avtomatlashtirish bo‘yicha tayyor ishchi yechimga ega bo‘ladi. Bankni platformaga ulash va ishga tushirish atigi 2 hafta davom etadi.
“Raqamli faktoring – Respublika moliya bozorida o‘z yo‘lini endigina boshlayotgan mahsulot, – deydi OZ PLANET kompaniyasi CEO’si Aleksandr Sergeyevich Bogdanov. – Shubhasiz, birinchilardan bo‘lish bir vaqtning o‘zida ham qiyin, ham sharafli vazifa. O‘zbekistonning ikki yirik banki bizga o‘z faktoring operatsiyalarini ishonib topshirganlaridan xursandmiz. Hozirning o‘zidayoq OZ PLANET’da yetkazib berishni to‘liq masofadan turib moliyalashtirish bo‘yicha real bitimlar amalga oshirilmoqda.”