OZ PLANET platformasi banklarga onlayn-faktoringga ulanishni taklif etdi
2023-yil boshidan OZ PLANET faktoring bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va O‘zbekiston moliya bozorida faoliyat yuritayotgan banklar bilan raqamli faktoring platformasiga qo‘shilish bo‘yicha faol muzokaralar olib borishni kirishdi. OZ PLANET’ga ulanish moliya muassasalariga platforma orqali masofadan turib mablag‘ berish hamda “qog‘ozli” faktoringning sermashaqqat jarayonini raqamli yechimlarga almashtirish imkonini beradi.
Raqamli platfromaning texnologik infratuzilmasidan foydalanish arizalarni ko‘rib chiqish va bir soat ichida mijozga taklif shakllantirish muddatlarini qisqartiradi. Bu bilan kompaniyalarning faktoringdan foydalanishi osonlashadi, faktoring bitimlari soni va hajmi ortadi, banklar esa ariza va hujjatlarni qayta ishlash xarajatlarini kamaytiradi.